Men uchun dunyoda eng achinarli holat yoki manzara bu oyog`ida tura olmaydigan mast otaning yonidagi o`spirin o`g`li goh yiqilib, goh yelkalab, goh yig`lab, uyalib, sudrab uyiga olib ketayotganidir.
Taklif bilan bir to`yga bordim. To`yxonada sharob shinavandalari juda ko`p ekan. 9-10 yoshlardagi bir bola aroq quyib uzatayotgan odamning bilagiga osilib, nimalardir deyayotganini ko`rib qoldim. Odamlar uni turtib, siltalab haydayotganiga ko`zim tushib qoldi. Oxiri men uni yonimga chaqirib, “Nima deyapsan, bolam?”, dedim. U esa: “Amakijon, iltimos ayting, dadamga ichirishmasin”, deb yig`lab yubordi. Dunyo ko`zimga qorong`u bo`lib ketdi. Xullas, to`y ham tatimadi…
Ikki dunyo keragim,
Davlatshohim, bilagim,
Mazasi yo`q yuragin,
Dadamga ichirmanglar. {x2}
Qanday dadam bor edi,
Bir so`zimga zor edi,
Umrini aroq yedi,
Dadamga ichirmanglar.
Yo o`ch bormi bizlardan?
O`tinaman sizlardan,
Uyalyapman do`stlardan,
Dadamga ichirmanglar.
Shunday bo`lsa ulfatlar,
Keltirsalar kulfatlar,
Bag`rim cho`qir kalxatlar,
Dadamga ichirmanglar.
Uxlayman alam bilan,
Dilimda yaram bilan,
To`p o`ynay dadam bilan,
Dadamga ichirmanglar.
Ko`taraman bosh zo`rg`a,
Tiriklay kirdim go`rga,
Aylandilar mayxo`rga,
Dadamga ichirmanglar.
Qanday dadam bor edi…
* * *
Мен учун дунёда энг ачинарли ҳолат ёки манзара бу оёғида тура олмайдиган маст отанинг ёнидаги ўспирин ўғли гоҳ йиқилиб, гоҳ елкалаб, гоҳ йиғлаб, уялиб, судраб уйига олиб кетаётганидир.
Таклиф билан бир тўйга бордим. Тўйхонада шароб шинавандалари жуда кўп экан. 9-10 ёшлардаги бир бола ароқ қуйиб узатаётган одамнинг билагига осилиб, нималардир деяётганини кўриб қолдим. Одамлар уни туртиб, силталаб ҳайдаётганига кўзим тушиб қолди. Охири мен уни ёнимга чақириб, “Нима деяпсан, болам?”, дедим. У эса: “Амакижон, илтимос айтинг, дадамга ичиришмасин”, деб йиғлаб юборди. Дунё кўзимга қоронғу бўлиб кетди. Хуллас, тўй ҳам татимади…
Кўтараман бош зўрға,
Тириклай кирдим гўрга,
Айландилар майхўрга,
Дадамга ичирманглар.
Қандай дадам бор эди…
Ushbu qo`shiq matni uchun Fazo.Boy – Texs (fazo_boy)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Ulug'bek Rahmatullayev - Dadamga ichirmanglar (Qo'shiq matni) mp3, klip yuklab olish. SAYTIMIZ ORQALI QO'SHIQ MATNLARI KLIPLAR MUSIQALARNI BEPUL TINGLASHINGIZ, KO'RISHINGIZ, O'QISHINGIZ MUMKIN. BIZNING SAYTIMIZGA JOYLANGAN HAR BIR TARONA QO'SHIQ MATNLARI VA KLIPLAR BILAN KELTIRILGAN.