Abdurashid Yo'ldoshev - O'zbekiston


Abdurashid Yo'ldoshev - O'zbekiston (qo'shiq matni)

Исполнитель: Abdurashid Yo'ldoshev
Песня: O'zbekiston
Просмотров: 82
Теги: tekst pesni, O'zbekiston, MP3, qo'shiq matni, Abdurashid, Yo'ldoshev, LYRICS
На этой странице вы можете бесплатно скачать Abdurashid Yo'ldoshev - O'zbekiston qo'shiq matni, текст песни, lyrics, mp3 файл и слушать онлайн в хорошем качестве бесплатно и без регистрации.

Тексть песни


Ilk ko’rganing yildir vatan,
Ilk ko’rganing nurdir vatan,
Bu dunyoni ming yil kezsang,
Topib bo’lmas durdir vatan.

Ozod elning ovozasi,
Obod yurtning andozasi,
Xush niyatli do’st-yor uchun
Ochiq bu yurt darvozasi.

Ozod yurtdir O’zbekiston,
Obod yurtdir O’zbekiston,
Ham sevgiyu sadoqatdan
Bunyod yurtdir O’zbekiston. (x2)

Matonati bobo meros,
Muhabbati momo meros,
Lutfin nuri Navoiydek,
Marddir Amir Temurga xos.

Quyosh bilan qarindosh el,
Ma’rifati bir quyosh el,
O’zbek desa, olam bilar,
Ham daryo dil, ham dildosh el.

Ozod yurtdir O’zbekiston,
Obod yurtdir O’zbekiston,
Ham sevgiyu sadoqatdan
Bunyod yurtdir O’zbekiston. (x2)

Bobolari yuzdan oshib,
Momolari yuzdan oshib,
Yashaydilar tinchlik tilab,
Kaftlaridan duo toshib.

Ozod yurtdir O’zbekiston,
Obod yurtdir O’zbekiston,
Ham sevgiyu sadoqatdan
Bunyod yurtdir O’zbekiston. (x2)



O'zbekiston (VIDEO)


[МОНОЛОГЛАР 🎤 INTRO VIDEO]