Abdurashid Yo'ldoshev - Xabaring yo'q


Abdurashid Yo'ldoshev - Xabaring yo'q (qo'shiq matni)

Исполнитель: Abdurashid Yo'ldoshev
Песня: Xabaring yo'q
Просмотров: 106
Теги: qo'shiq matni, Abdurashid, Yo'ldoshev, LYRICS, tekst pesni, Xabaring yo'q, MP3
На этой странице вы можете бесплатно скачать Abdurashid Yo'ldoshev - Xabaring yo'q qo'shiq matni, текст песни, lyrics, mp3 файл и слушать онлайн в хорошем качестве бесплатно и без регистрации.

Тексть песни


Yorim, xabaring yo’q,
Mandan xabaring yo’q,
Ko’nglimni yorit desam, yorim-a,
Afsus, xabaring yo’q. (x2)

Vasling kuni deb yonsa ham
Joni omoning bor, yorim xabaring yo’q.
Mushtoq bo’libon yo’lingga
Rangi somoning bor, aslo nazaring yo’q.

Gulgun yuzingga maftun bo’lib,
Qolmadi toqat, ko’nglimda farog’at.
Desamki, yorim man kabi zulmat
Osmoning bor, afsus qamaring yo’q.

Yorim, xabaring yo’q,
Aslo nazaring yo’q,
Ko’nglimni yorit desam, yor-ay,
Afsus, xabaring yo’q. (x2)

Soching torini bog’lab olib
Bo’ynima mahkam man oshig’i bekam,
Yursam shodimon, o’q otdi
Qosh-u kamoning bor, ammo zararing yo’q.

Kunduz boqayin oy yuzingga
Desamki takror, bo’lgandim umidvor.
Bundoq qarasam, shoming ayon
Ham xuftoning bor-a, nechun saharing yo’q?

Bundoq qarasam, shoming ayon
Ham xuftoning bor-a, nechun saharing yo’q?

Yorim, xabaring yo’q,
Aslo nazaring yo’q,
Ko’nglimni yorit desam, yor-a,
Afsus, xabaring yo’q. (x2)

O-o, nozing alami jondan o’tib,
Qonga ulandi-ya, so’ng ayladi bandi,
G’amzang mayida jonni o’rtovchi
Nordoning bor, qandu shakaring yo’q.

Holimni ko’rib ketsang desang,
Chiqib jon kabi, chaqsang chayon kabi,
Yorim, Botirni o’ldirmoqqa
Ming imkoning bor, garchi zaharing yo’q.

Yorim, xabaring yo’q,
Aslo nazaring yo’q,
Ko’nglimni yorit desam, yorim-a,
Afsus, xabaring yo’q. (x2)

Yorim, xabaring yo’q,
Yorim, xabaring yo’q…



Xabaring yo'q (VIDEO)