cross
Нажмите Enter для поиска или ESC, чтобы закрыть форму
/

Yana ko'rsaydim

  • Текст песни

    Gul yuzing ko`rmasam ham,
    Bog`da kezib yursaydim.
    Uzoqlardan bo`lsa ham,
    Seni yana ko`rsaydim. (x2)

    Yurak kunda yonmasdi,
    Hijronlarga solmasdi,
    Zarra armon qolmasdi,
    Seni yana ko`rsaydim. (x2)

    Ko`rsaydim, seni yana ko`rsaydim, {x3}
    Ko`rsaydim, seni yana…

    Dilim mani sadpora,
    Topolmayman hech chora,
    So`nggi marta, bir bora
    Seni yana ko`rsaydim. (x2)

    Muhabbatga to`lardim,
    Kulsam, shodon kulardim,
    Baxtli odam bo`lardim,
    Seni yana ko`rsaydim. (x2)

    Ko`rsaydim, seni yana ko`rsaydim, {x3}
    Ko`rsaydim, seni yana…

    Sensiz fig`on chekaman,
    O`ylab ko`z yosh to`kaman.
    Poyingga gul sochaman,
    Seni yana ko`rsaydim. (x2)

    Ko`rsaydim, seni yana ko`rsaydim, {x3}
    Ko`rsaydim, seni yana…

    Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Хостинг от uCoz