cross
Нажмите Enter для поиска или ESC, чтобы закрыть форму
/

Yuragimni qaytib ber

  • Текст песни

    Muhabbat sarson bo`ldi,
    Ko`ngil narxi arzon bo`ldi,
    Gulbahorlar xazon bo`ldi,
    Yuragimni qaytib ber. (x2)

    Qiynoqlarga solgin mayli,
    Sevgim tortib olgin mayli,
    Dil armonim sen tufayli,
    Yuragimni qaytib ber. {x2}

    Endi qaytib sog`inmayman,
    Ishqingda ham og`rinmayman,
    Senga boqib ovunmayman,
    Yuragimni qaytib ber. {x2}

    Muhabbating yolg`on ekan,
    Tafti to`la armon ekan.
    Meni qaytib sog`inmagan
    Yuragimni qaytib ber. {x2}

    Ko`zlarimdan olib ko`zing,
    Mayli aytib achchiq so`zing,
    Begonamas faqat o`zing
    Yuragimni qaytib ber.

    Alamlarda qiynalaman,
    Hijronlarda ko`p yonaman,
    Sensizlikka o`rganaman,
    Yuragimni qaytib ber!

    Sensizlikka o`rganaman,
    Yuragimni qaytib ber!
    Yuragimni qaytib ber… {x2}

    Ushbu qo`shiq matni uchun Karimov Davlatyor (@the3notorious)ga minnatdorchilik bildiramiz

Хостинг от uCoz