Botir Yaminov - Gulim


Botir Yaminov - Gulim (qo'shiq matni)

Исполнитель: Botir Yaminov
Песня: Gulim
Просмотров: 69
Теги: qo'shiq matni, tekst, QOSHIQ MATNI, skachat, pesni, uzib ketdi boshqalar, matni, Botir Yaminov, uzlyrics, klip, GULIM, video, qowiq, MP3LAR, MP3, ey gul seni unutdim, LYRICS
На этой странице вы можете бесплатно скачать Botir Yaminov - Gulim qo'shiq matni, текст песни, lyrics, mp3 файл и слушать онлайн в хорошем качестве бесплатно и без регистрации.

Тексть песни


Ey gul, seni unutdim,
Uzib ketdi boshqalar.
Mana endi ilk sevgim
Yuragimga tosh qalar.
Oh, bu toshlar og`irdir,
Har qirrasi qizil cho`g`.
Og`riydi, jonim og`rir,
Bu og`riqqa davo yo`q. (x2)

Bir kun ko`rib tanidim,
Tosh yo`ldagi izingni.
Peshvoz chiqqan men edim,
Ketding burib yuzingni. (x2)

Salom sevgi azobi,
Boq bevafo yoringga.
Shukur qildim ortingdan
Bu dunyoda boringga. (x2)

Bo`ldi, seni ko`ksimdan
Yulib suvga otarman.
Sohillarda qum bilan
Quchoqlashib yotarman. (x2)

Yana to`sdi yo`limni,
Yana to`sdi ilk sevgim.
Muzlab qolgan ko`nglimni
Yuragimga bosdi jim.

Yana to`sdi yo`limni,
To`sdi yana ilk sevgim.
Muzlab qolgan ko`nglimni
Yuragimga bosdi jim.

Ey gul, seni unutdim,
Uzib ketdi boshqalar.
Mana endi ilk sevgim
Yuragimga tosh qalar.
Oh, bu toshlar og`irdir,
Har qirrasi qizil cho`g`.
Og`riydi, jonim og`rir,
Bu og`riqqa davo yo`q. (x1+x2)



Gulim (VIDEO)