Hojiakbar Haydarov - Yorim


Hojiakbar Haydarov - Yorim (qo'shiq matni)

Исполнитель: Hojiakbar Haydarov
Песня: Yorim
Просмотров: 97
Теги: Yorim, Haydarov, MP3, LYRICS, qowiq matn, tekst pesni, video, Hojiakbar, qo'shiq matni
На этой странице вы можете бесплатно скачать Hojiakbar Haydarov - Yorim qo'shiq matni, текст песни, lyrics, mp3 файл и слушать онлайн в хорошем качестве бесплатно и без регистрации.

Тексть песни


Yodingdami sokin tunlar,
Kezganimiz so`lim bog`lar?
Sevgimizdan osmondagi
Charaqlar edi yulduzlar.

Menga berding yuragingni,
Asrayman uni o`lguncha.
Sen bilan umrim go`zaldir,
Beg`uborim, vafodorim.

Parimisan yo farishta?
Taqdir siylagan har ishda,
Menga bo`lding malikadek yor.
Ikki dunyo birga bo`lsam,
Har doim qoshingda tursam,
Armonlarim qolmas edi, yor.

Yorim go`zal, so`zlar asal,
Nomingga bitsam ham g`azal,
Ta’rifingni keltirolmam, yor.
Beg`uborim, muhabbatim,
Halovatim, haroratim,
Kuylarimda noming namoyon.

Erkalasam uyalasan,
Ko`zlaring pirpiratasan.
Hayolaring buncha go`zal?
Chiroy nurlarin sochasan.

Mehrlardan sehr o`tkir,
Hatto kunduz yulduz ko`rar,
Osmonimda nur sochgan dildor.

Parimisan yo farishta?
Taqdir siylagan har ishda,
Menga bo`lding malikadek yor.
Ikki dunyo birga bo`lsam,
Har doim qoshingda tursam,
Armonlarim qolmas edi, yor.

Yorim go`zal, so`zlar asal,
Nomingga bitsam ham g`azal,
Ta’rifingni keltirolmam, yor.
Beg`uborim, muhabbatim,
Halovatim, haroratim,
Kuylarimda noming namoyon. (x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

 



Yorim (VIDEO)