cross
Нажмите Enter для поиска или ESC, чтобы закрыть форму
/

Yomon qiz

  • Текст песни

    Qorayib yo`qolar shafaqning yuzi,
    Tunning quchog`ida bedor yuraman.
    Bir qiz bor – dunyoning eng yomon qizi,
    Men shu yomon qizni yaxshi ko`raman.

    Yoniga boraman, kuyib boraman,
    Dunyoni chekkaga surib boraman.
    Yomonligin bilib turib boraman,
    Men shu yomon qizni yaxshi ko`raman.

    Kuyga soldim go`zal yuzini,
    Jamolini yaxshi ko`raman.
    Ko`rgim kelar moviy ko`zini,
    Shu yomonni yaxshi ko`raman. (x2)

    O`zi ham qarshimda qotadi har kun,
    Mendan kechib, menga qaytadi har kun.
    Hatto yomonligin aytadi har kun,
    Men shu yomon qizni yaxshi ko`raman.

    Ovoza qilay deb baxshilar bilsin,
    Tish-tirnog`i bilan qarshilar bilsin,
    Menga nima, hamma yaxshilar bilsin:
    Men shu yomon qizni yaxshi ko`raman.

    Kuyga soldim go`zal yuzini,
    Jamolini yaxshi ko`raman.
    Ko`rgim kelar moviy ko`zini,
    Shu yomonni yaxshi ko`raman. (x2+x4)

    Ushbu qo`shiq matni uchun Layla Rolaga minnatdorchilik bildiramiz.

Хостинг от uCoz