cross
Нажмите Enter для поиска или ESC, чтобы закрыть форму
/

Jonim (2019)

  • Текст песни

    Janon bo`laman deb, janon bo`laman deb,
    Janon bo`laman deb, hammani kuydirasanmu?
    Kuygan bu faqirlarni yana,
    Yana-yana, yana-yana yondirasanmu?
    Voy, yondirasanmu, jonim olasanmu?

    G`aming cherki, yuz,
    Yuz, yuz, yuz yilga dovur ana-ana, ana-ana
    Shundoq turasanmu? Jonim olasanmu?
    Yosh boshing bilan har yerda yolg`izgina yurasanmu?
    Yuz yilga dovur ana shundoq turasanmu?

    Ey, mehri hilol ko`chasidan o`tmaganim, kel,
    Ming va’da qilib, birga vafo qilmaganim, kel.

    Jonim, jonim, jonimni beray,
    Jonimni beray, bormi sani asli makoning? (x3)

    Men asragan vaqtima sen yoshgina erding,
    Ham erkam-u, munisam, yuvoshgina erding.
    Oq gul yuzli, xoldor,
    Qalam-qalam, qalam-qalam qoshgina erding,
    Sen yoshgina erding, yoshgina erding.

    Har yona borar chog`ima yo`ldoshgina,
    Yo`ldoshgina erding,
    Sen yoshgina erding, yoshgina erding.

    Ey, mehri hilol ko`chasidan o`tmaganim, kel,
    Ming va’da qilib, birga vafo qilmaganim, kel.

    Jonim, jonim, jonimni beray,
    Jonimni beray, bormi sani asli makoning? (x3)

    Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Хостинг от uCoz