cross
Нажмите Enter для поиска или ESC, чтобы закрыть форму
/

Qaddi baland

  • Текст песни



    Qaddi sarvi uza, qaddi sarvi uza,
    Qaddi sarvi uza zulfi kamondek.
    Chuv, soldi chuv u, voy-bu chuv-chuv,
    Shov-shuv bo`ldi jonga boy band-ey.

    Qaddi baland-ey, qaddi baland-ey,
    Yuzi-ko`zi, dudog`i bodom-u qand-ey.
    Yuzi ustidagi, yuzi ustidagi,
    Yuzi ustidagi ul donai hol-ey.

    Yonar o`t uzra erur, yonar o`t uzra erur,
    Yonar o`t uzra erur chun supand-ey.

    Qaddi baland-ey, qaddi baland-ey,
    Yuzi-ko`zi, dudog`i bodom-u qand-ey.
    Qaddi baland-ey, qaddi baland-ey,
    So`zi-yu, ko`zi-yu bodomu qand-ey.

    So`zi-yu, ko`zi-yu, shirin dudog`i
    Erur shakar kabi, bodomu-qanddek.
    Yuzi ustidagi ul donayi holi
    Yonar o`t uzra erur chun supande.

    Qaddi sarvi uza, qaddi sarvi uza,
    Qaddi sarvi uza zulfi kamondek.
    Chuv, soldi chuv u, voy-bu chuv-chuv,
    Shov-shuv bo`ldi jonga boy band-ey.

    Qaddi baland-ey, qaddi baland-ey,
    Yuzi-ko`zi, dudog`i bodom-u qand-ey.
    Qaddi baland-ey, qaddi baland-ey,
    So`zi-yu, ko`zi-yu bodomu qand-ey.

    Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Хостинг от uCoz