cross
Нажмите Enter для поиска или ESC, чтобы закрыть форму
/

Tuyg'ularim

  • Текст песни

    Kapalaklarning ranggi,
    Gulda shabnamlar tonggi,
    Erkalaydi sevgimizni.
    Botadi quyosh tezroq,
    Birga bo`lsin deb ko`proq
    Ikkimizni.

    Sevgim kaliti senda,
    Uni hech qachon yo`qotmagin, yo`qotmagin.
    G`am-hijronlar uyquda,
    Ularni aslo uyg`otmagin, uyg`otmagin.

    Qalb, toki bor so`nggi nafas
    Yurak sendan voz kechmas,
    Sendan o`zgani demas, ishongin. (x2)

    Bitta yo`lni bilarman
    Va shu yo`ldan yurarman –
    Olib borar sevgimizga.
    Yolg`izlik qo`rqitolmas,
    Muhabbat qilar havas
    Ikkimizga.

    Sevgim kaliti senda,
    Uni hech qachon yo`qotmagin, yo`qotmagin.
    G`am-hijronlar uyquda,
    Ularni aslo uyg`otmagin, uyg`otmagin.

    Ha, toki bor so`nggi nafas
    Yurak sendan voz kechmas,
    Sendan o`zgani demas, ishongin. (x2+x2)

    Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Хостинг от uCoz