Nilufar Usmonova - Zirapcha


Nilufar Usmonova - Zirapcha (qo'shiq matni)

Исполнитель: Nilufar Usmonova
Песня: Zirapcha
Просмотров: 170
Теги: usmonova, qo'shiq matni, soundtrack, nilufar usmonva, Zirapcha, pesni, zirapcha musiqasi, tekst, MP3, nilufar
На этой странице вы можете бесплатно скачать Nilufar Usmonova - Zirapcha qo'shiq matni, текст песни, lyrics, mp3 файл и слушать онлайн в хорошем качестве бесплатно и без регистрации.

Тексть песни


O`tib borar umrim lahzasi,
Ortga boqsam, xatolar qancha?
Aytgim kelar qalbim qissasi,
Ichimdagi dardsan “Zirapcha”.

Nozik qalbim mehr istaydi,
Qilmishlardan afsuslar bisyor.
Zirapchalar mendan ketsaydi –
Yolvoraman takror va takror.

Uyg`ongin sen yangi tong uzra,
Yangi orzu, porloq ko`z bilan.
Tikonlardan o`zingni asra,
Hayotga boq yorug` yuz bilan.

Ifor bermas gulsan “Zirapcha”,
Olov emas, kulsan “Zirapcha”.
O`z-o`ziga ozor beruvchi
Baxtga qarshi yo`lsan “Zirapcha”.

Ey, Zirapcha…

Imkon berar taqdir o`zingga,
Etmagin sen qalbingni parcha.
Fursat kelar, qaytar baxt senga,
Ozod bo`lay desang, “Zirapcha”.

Ishongin sen yangi kuningga,
Har kimda bor armonlar qancha.
O`ksinma sen, qaytma ortingga,
Har dilda bor pinhon “Zirapcha”

Uyg`ongin sen yangi tong uzra,
Yangi orzu, porloq ko`z bilan.
Tikonlardan o`zingni asra,
Hayotga boq yorug` yuz bilan.

Ifor bermas gulsan “Zirapcha”,
Olov emas, kulsan “Zirapcha”.
O`z-o`ziga ozor beruvchi
Baxtga qarshi yo`lsan “Zirapcha”. (x2)

Ey, Zirapcha… {x2}

Ushbu qo`shiq matni uchun Karimov Davlatyor (@mrgeograph)ga minnatdorchilik bildiramiz.



Zirapcha (VIDEO)