» Ozodbek Nazarbekov » Alloh go'zal

Ozodbek Nazarbekov - Alloh go'zal


Ozodbek Nazarbekov - Alloh go'zal (qo'shiq matni)

Исполнитель: Ozodbek Nazarbekov
Песня: Alloh go'zal
Просмотров: 13
Теги: LYRICS, Alloh go'zal, musicby, pesen, qo'shiq manti, musicby mp3, music by, musicby.site, tekst pesni, ozodbek nazarbekov, www.musicby.site
На этой странице вы можете бесплатно скачать Ozodbek Nazarbekov - Alloh go'zal qo'shiq matni, текст песни, lyrics, mp3 файл и слушать онлайн в хорошем качестве бесплатно и без регистрации.

Тексть песни


Azonda ilk aytmish bilol:
“Alloh go`zal, Alloh go`zal”. (x2)
Orazi gul, husni hilol,
Alloh go`zal, Alloh go`zal.

Arsh arkiga sulton O`zi,
Beayb-u benuqson O`zi. (x2)
Mutloq kamol, mutloq jamol,
Alloh go`zal, Alloh go`zal. (x2)

Azal vujud, abad vujud,
Diydori bir shirin umid. (x2)
Vasli sharaf, vasli xayol,
Alloh go`zal, Alloh go`zal. (x2)

Hukmiga hurlar muntazir,
Parvardigori benazir. (x2)
Xolisdir ul Zot bemisol,
Alloh go`zal, Alloh go`zal. (x2)

Tuproqqa jon etmish ato,
Odam Ato, Momo Havo,
Loydan odam yasar Kulol,
Alloh go`zal, Alloh go`zal.

Xofiz ko`ngil ta’bing o`shal,
Ruhing o`shal, Robbing o`shal.
Poyiga cho`k, ul zul Jalol,
Alloh go`zal, Alloh go`zal.

Poyiga cho`k, ul zul Jalol,
Alloh go`zal, Alloh go`zal.

Azonda ilk aytmish bilol:
“Alloh go`zal, Alloh go`zal”. (x2)

Alloh go`zal, Alloh go`zal… {x4}

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.



Alloh go'zal (VIDEO)