cross
Нажмите Enter для поиска или ESC, чтобы закрыть форму
/

Kerakmas

  • Текст песни

    Yetar bas, boshqa va’dalar kerakmas,
    Sening yolg`oning tugamas,
    Endi hech narsa o`zgarmas, kerakmas.
    Yetar bas, soxta ko`z yoshlar kerakmas,
    Ishonchim tugab bitdi, bas,
    Ortiq senga rahmim kelmas, kerakmas.

    Sen farishta, hur, gul eding,
    Yuragimning bog`ida nur eding.
    Yoritgan qalbim g`amgin chog`ida,
    Sen bilan umrimga kirib kelgandi quvonch.
    Endi so`zlaringga yo`qdir ishonch! (x2)

    Yetar bas, shunchalar azob berganing,
    Shuncha payt aldab kelganing,
    Orzuyim armon qilganing kerakmas.
    Kerakmas menga bu soxta tuyg`ular,
    Oromi yo`q u uyqular,
    Oxiri yo`q bu qayg`ular kerakmas.

    Sen farishta, hur, gul eding,
    Yuragimning bog`ida nur eding.
    Yoritgan qalbim g`amgin chog`ida,
    Sen bilan umrimga kirib kelgandi quvonch.
    Endi so`zlaringga yo`qdir ishonch! (x2)

    Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

     

Хостинг от uCoz