cross
Нажмите Enter для поиска или ESC, чтобы закрыть форму
/

Sarvar va Komil (Benom)

  • Текст песни

    Bugun o`zgacha, qara,
    Biz kutgan o`sha sana.
    Go`yo qaytadan seni
    Sevib qolyapman yana.

    Ko`zlaringda nur to`lib,
    Turarsan jim termulib.
    O`tgan kunlarni eslab,
    Quvonchdan ko`zyosh to`kib.

    Yoningdaman, baxtimiz bo`ldi butun,
    Yoningdaman, qiynaldik yillar uzun.
    Yoningdaman, sen oppoq libosdasan,
    Betakror kulmoqdasan yonimda.

    Yoningdaman, qo`yvormam endi seni,
    Yoningdaman, sog`ingan baxtim meni.
    Yoningdaman, biz uzoq kutgan bu kun,
    Yagona sevgim bugun yonimda, yonimda.

    Qo`llaringni ber, tutay,
    Sog`inchlarim unutay.
    Do`st-u dushman o`ngida
    Baxt sari olib ketay.

    Atrofingda mahliyo,
    Malikalardek go`yo.
    Hamma havasla boqar,
    Baxtimiz bo`ldi ro`yo.

    Yoningdaman, yig`lama endi sira,
    Yoningdaman, yaxshi-yomon kuningda.
    Yoningdaman, sen oppoq libosdasan,
    Betakror kulmoqdasan yonimda.

    Yoningdaman, qo`yvormam endi seni,
    Yoningdaman, sog`ingan baxtim meni.
    Yoningdaman, biz uzoq kutgan bu kun,
    Yagona sevgim bugun yonimda.

    Yoningdaman…

    Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Хостинг от uCoz