cross
Нажмите Enter для поиска или ESC, чтобы закрыть форму
/

Sog'inib

  • Текст песни

    Qani endi yonimda bo`lsa,
    Menga yana jilmayib kulsa,
    Qani endi bir daqiqaga
    Sog`inchimni bartaraf qilsang.

    Umidimni so`ndirolmayman,
    Haligacha voz kecholmayman,
    Nega, nega, aytgin menga?

    Sog`inchlarim bo`ldi bir dunyo,
    O`ngimda emasman men go`yo.
    Xayollar og`ushida tunlar,
    Faqat sen haqingdadir o`ylar.

    Endi seni qaytarolmayman,
    Sog`inchimni ayta olmayman.
    Nega, nega, nega?

    Sog`inib, sog`inib,
    Kechalari kuy bilan ovunib.
    Yoninggga men talpinib,
    Onda-sonda eslayman kulib.
    Unuta olmadim,
    Ne qilayin voz kecholmadim,
    Sevgilim, sevgilim. (x2)

    Hammasiga balki vaqt davo,
    Lekin qachon bilmayman, ammo.
    Balki yuragim ham o`rganar,
    Sensizlikka hayot o`rgatar.

    Shunday umidlarda yashayman,
    Lekin qachongacha bilmayman,
    Nega, nega, aytgin menga?

    Senga yomonlik tilamayman,
    Faqatgina baxting so`rayman.
    Bugun bo`lmasa ham ertaga,
    Sensizlikka ko`nib yashayman.

    O`zimda ham kuch toparman,
    Balki bir kun unutarman.
    Nega, nega, nega?

    Sog`inib, sog`inib,
    Kechalari kuy bilan ovunib.
    Yoninggga men talpinib,
    Onda-sonda eslayman kulib.
    Unuta olmadim,
    Ne qilayin voz kecholmadim,
    Sevgilim, sevgilim. (x2)

    Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Хостинг от uCoz