cross
Нажмите Enter для поиска или ESC, чтобы закрыть форму
/

Dushanba

  • Текст песни

    Bu qizning xabari yo`q,

    Yonidan o`tib qaytaman,

    Nega meni payqamaydi?

    Cham-cham, cham-cham, chamasi

    O`n birdan beri yonidaman.



    U bola, bu bola tobora bora-bora

    Haddidan oshdi, nima qilay?

    Bechora, bechora meni deb ovora,

    Gullarni oldim, nima qilay?



    Iltimos, dushanba kuni ko`rishaylik.



    Du-du-du, dushanba kuni,

    Ko`rishamiz nega deding?

    Seshanba, chorshanba, payshanba kuni

    Ko`rishamiz, vaqtim bor o`sha kuni. (x2)



    U bolaning xabari yo`q,

    Bitta mahallada turamiz,

    Lekin eslolmaydi.

    Kam-kam, kam-kam, kamida

    O`n marta ismimni so`raydi.



    Shu qizni, shu qizni, lablari qirmizni

    Sevib qoldim man, netay?

    Ovora, ovora, yuragim ovora,

    Keting dema, qayga ketay?



    Du-du-du, dushanba kuni,

    Ko`rishamiz nega deding?

    Seshanba, chorshanba, payshanba kuni

    Ko`rishamiz, vaqtim bor o`sha kuni. (x2)



    Asalim, deb edi xo`p,

    U desam, bu deydi, xo`p desam yo`q deydi.

    Kamida kam, kam-kam, mehrini kam deydi.

    Do-do, do-do, do-do, mahallada dov-dov,

    Stop, bo`ldi endi qo`y, gapirmagin jim de!



    U bola, bu bola tobora bora-bora

    Haddidan oshdi, nima qilay?

    Bechora, bechora meni deb ovora,

    Gullarni oldim, nima qilay?



    Du-du-du, dushanba kuni,

    Ko`rishamiz nega deding?

    Seshanba, chorshanba, payshanba kuni

    Ko`rishamiz, vaqtim bor o`sha kuni. (x2)



    Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Хостинг от uCoz